locale OZ

«MYU» sobiq himoyachisi La Liga klubiga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» sobiq himoyachisi La Liga klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Viktor Lindelöf faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, shved futbolchisiga "Selta" jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilyapti. 31 yoshli futbolchi Vigo klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Shuningdek, "Bayer" ham Lindelöf borasida uning agentlari bilan muzokaraga kirishgan edi.

Hozirda Lindelöf erkin agent hisoblanadi. Uning Manchester klubi bilan shartnomasi shu yilning 1 iyul sanasida yakuniga yetgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting