«MYU» Saudiyaga safari orqali 10 mln funt ishlab olishi mumkin
Ingliz klubi "An-Nasr" va "Al-Hilol" ishtirokidagi uch tomonlama turnirda maydonga tushishi mumkin.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" joriy mavsum davomida Saudiya Arabistonida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishsa, 10 mln funtdan ko‘proq daromad olishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi "An-Nasr" va "Al-Hilol" ishtirokidagi uch tomonlama turnirda maydonga tushishi mumkin.
"Qizil iblislar" bir o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda taxminan 5 million funt sterling va mukofot pullari ishlab olishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" Saudiya Arabistonidagi faoliyati davomida tijoriy bitimlardan qo‘shimcha daromad olishi mumkin.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar” qisqa vaqt ichida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, faqat bitta o‘yin o‘tkazishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist