«MYU» Santosni «Chelsi»dan sotib olmoqchi
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live jurnalisti Ben Jeykobsga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko'ra, londonliklar o'tgan yozda futbolchi bo'yicha kelgan takliflarni rad etgan. Qayd etilishicha, yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida ham "Chelsi" braziliyalik futbolchining kelajagi borasida yanada qat'iy pozitsiyani egallashi kutilmoqda.
21 yoshli futbolchi "ko'klar" safida hozirgacha barcha musobaqalarda 38 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist