«MYU» Sancho bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» rahbariyati kelasi yozda shartnomasi yakuniga yetadigan hujumchi Jeydon Sancho bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, «qizil iblislar» shartnomani yana bir yilga faollashtirish orqali futbolchini sotib yuborish va mablag‘ ishlab olish riskiga qo‘l urmoqchi emas. Mankunianliklar 25 yoshli vingerga haftasiga 200 ming dollar (taxminan 170 ming yevro) miqdorida maosh to‘lashda davom etishni istashmayapti.
Eslatib oʻtamiz, Sancho 2021 yilning yozida «Borussiya Dortmund»dan 85 mln yevro evaziga «MYU»ga o‘tgandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 83 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist