locale OZ

«MYU» Ruben Nevesh transferi boʻyicha hech qanday muzokaralarni boshlamagan

Portugaliyalik futbolchining «Al Hilol» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Ruben Nevesh transferi boʻyicha hech qanday muzokaralarni boshlamagan
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachi Ruben Neveshning «Al Hilol»dan transferi bo‘yicha hozircha hech qanday muzokaralarni boshlamagan. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

«Ruben Nevesh borasida hech qanday yangilik yo‘q. Na takliflar bo‘yicha, na muzokaralar, na muhokamalar bor. Menga aytilishicha, “Manchester United” faqat Ruben Nevesh manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bilan aloqaga chiqqan, xolos», — deydi Romano.

Joriy mavsumda Ruben Nevesh barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting