locale OZ

«MYU» Reshfordning «Barselona»ga oʻtishiga qarshi emas — The Athletic

Angliyalik hujumchi hozirda ijara asosida kataloniyaliklar safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Reshfordning «Barselona»ga oʻtishiga qarshi emas — The Athletic
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi hujumchi Markus Reshfordni sotib olish huquqi bo‘yicha belgilangan narxni «Barselona» uchun pasaytirmaydigan bo‘ldi. Bu haqda The Athletic nashri jurnalisti Endi Mitten xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» o‘z futbolchisi uchun so‘rayotgan 30 million yevro miqdoridagi mablag‘ni kamaytirish niyatida emas. Manchesterliklar Markusning joriy mavsumdagi barqaror va yuqori saviyadagi o‘yinlari sababli yozda unga boshqa klublar ham qiziqish bildirishiga ishonchlari komil. Shu boisdan ham klub narxni tushirishdan manfaatdor emas.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrikning Reshford bilan ishlashga qiziqishi borligi haqidagi mish-mishlar hozircha tasdig‘ini topmagan.

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford 2025 yilning iyul oyidan buyon «Barselona» safida ijara asosida to‘p tepmoqda. U kataloniyaliklar tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ayni damda «Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting