«MYU» Reshford oʻrniga ikki nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
«Manchester Yunayted» klubi ayni damda ijara asosida «Barselona»da to‘p surayotgan va faoliyatini aynan Kataloniyada davom ettirmoqchi bo‘lgan hujumchi Markus Reshfordga o‘rinbosar izlamoqda. «Qizil iblislar» ushbu pozitsiya uchun ikkita asosiy nomzodni belgilab olishgan. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, birinchi variant — «Leypsig»ning 19 yoshli vingeri Yan Diomand. Kot-d’ivuarlik iqtidorli futbolchini sotib olish uchun mankunianliklarga 100 million yevro kerak bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi nomzod sifatida «Everton»ning 25 yoshli qanot hujumchisi Iliman Ndiaye ko‘rilmoqda. Transfermarkt portalida senegallik futbolchining bozor qiymati 45 million yevro deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, «irischilar» o‘z yetakchisi uchun ancha katta mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Reshfordning transfer huquqini «Manchester Yunayted»dan 30 million yevroga sotib olishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.