locale OZ

«MYU» rahbariyati Reshfordni «Barselona»ga ijaraga berganidan afsusda

Angliyalik hujumchi joriy mavsumda oʻzining sermahsul oʻyini bilan barchani hayron qoldirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» rahbariyati Reshfordni «Barselona»ga ijaraga berganidan afsusda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati hujumchi Markus Rashfordni «Barselona»ga 26 million funt sterling miqdoridagi sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berishga rozi bo‘lganidan jiddiy afsusda. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Angliyalik forvard joriy mavsumda o‘zining sermahsul o‘yini bilan barchani hayron qoldirmoqda: u 34 ta uchrashuvda 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bunday yuqori ko‘rsatkichlardan so‘ng, «qizil iblislar» mutasaddilari futbolchining transfer qiymati kamida 50 million funt bo‘lishi kerak edi, degan xulosaga kelishgan.

Vaziyatning «Yunayted» uchun noqulay jihati shundaki, ijara shartnomasida uni muddatidan avval bekor qilish bandi mavjud emas. Rashfordning o‘zi esa Kataloniya klubida qolishni qat’iy niyat qilgan va bu «ko‘k-anorranglilar» uchun transfer muzokaralarida katta ustunlik beradi.

Klub hammuallifi Jim Retkliff budjet yuklamasini kamaytirish uchun futbolchini sotib yuborish niyatida, biroq u Rashforddek yulduzning «Barselona»ga arzon narxda o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini qidirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting