locale OZ

«MYU» rahbariyati jamoani vaqtincha boshqarish uchun uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda

Avvalroq mankunianliklar Amorimni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» rahbariyati jamoani vaqtincha boshqarish uchun uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi lavozimiga bir nechta mutaxassislar bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular orasida «qizil iblislar»ning sobiq futbolchilari — Ole-Gunnar Sulsher, Maykl Kerrik va Rud van Nistelroy ham bor. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «MYU» rahbariyati mavsum oxirigacha tajribali vaqtincha murabbiyni tayinlash tarafdori. Doimiy bosh murabbiy esa yozda aniqlanadi.

Qayd etilishicha, Sulsher allaqachon «Manchester Yunayted» vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Joriy hafta davomida bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Darren Fletcher bajaradi. Sulsher 2018–2021 yillar oralig‘ida «qizil iblislar»ni boshqargan. 5 yanvar kuni «Manchester Yunayted» Ruben Amorimning klub bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e’lon qilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis mankunianliklarni 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting