\"MYu\" Rafinia uchun qancha sarflamoqchi ekani ma'lum qilindi
O‘tgan mavsum u 34ta gol urdi va 25ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted”ga “Barselona” futbolchisi Rafinia kerak. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchining transferi uchun “qizil iblislar” 150 million yevro taklif qilmoqchi. Bu taklif "Barselona"ga ma’qul kelishi va Rafinia bilan xayrlashishi mumkin.
Avvalroq unga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi ham taklif bilan chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Rafinia o‘tgan mavsum 57 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 34 ta gol va 25 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist