locale OZ

«MYU» qishki transferlar vaqtida yarimhimoya chizigʻini mustahkamlamoqchi

Mankunianliklar ikki nomzodni oʻrganib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» qishki transferlar vaqtida yarimhimoya chizigʻini mustahkamlamoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qishki transferlar vaqtida yangi yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, mankunianliklar uchun asosiy nomzodlar sifatida «Vulverxempton» futbolchisi Joao Gomes va hozirda «Atletiko» sharafini himoya qilayotgan, «Chelsi» tarbiyalanuvchisi Konor Gallaher koʻrilmoqda.

Qayd etilishicha, «MYU» 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishidan oldin tarkibni kuchaytirish niyatida. Klub rahbariyati mundial yaqinlashgani sari futbolchilar narxi oshib ketishidan xavotirda. Shu sababli Gallaherni dastlab ijaraga olish, keyin esa yozda 45 million funtga toʻliq transfer qilish varianti muhokama qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, 24 yoshli Gomes joriy mavsum APLda 11 ta oʻyinda maydonga tushdi. Gallaher esa «Atletiko» safida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting