locale OZ

«MYU» qishda Matetani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Fransiyalik futbolchining «Kristal Pelas» bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» qishda Matetani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Manchester klubi Fransiya terma jamoasi futbolchisi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Londonliklar bilan Matetaning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Jan-Filipp Mateta 2022 yildan buyon «Kristal Pelas» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda klub tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, fransiyalik hujumchining transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting