locale OZ

«MYU» qishda Malasiyani sotishni rejalashtirmoqda

Agar transfer amalga oshmasa, himoyachi kelasi yozda jamoani tekinga tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» qishda Malasiyani sotishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachi Tiyrell Malasiyani joriy qishki transferlar oynasida qo‘yib yuborish imkoniyatini faol ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Rudi Galetti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Niderlandiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Demak, agar «MYU» qishki transfer davri tugaguniga qadar Malasiyani sotishga ulgurmassa, u mavsum oxirida hech qanday tovon puli evazisiz erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, himoyachiga Yevropaning turli chempionatlaridan bir nechta klublar, shuningdek Saudiya Arabistonidan ham qiziqish mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Malasiya «Manchester Yunayted»ga 2022 yil yozida qo‘shilgan. U «qizil iblislar» safida o‘tgan davr mobaynida barcha turnirlar doirasida 47 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq gol yoki assist qayd etmagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting