locale OZ

«MYu» qishda «An-Nasr»ga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin

Bu haqida The Athletic xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYu» qishda "An-Nasr"ga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" qishda Saudiya Arabistonida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi ayni paytda Yevrokuboklarda ishtirok etmayapti. Qishda o‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmoqchi.

Shu sababli "qizil iblislar" Saudiya Arabistonini qulay ob-havo va moliyaviy jihatdan foydali takliflar bois asosiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. "An-Nasr" o‘rtoqlik uchrashuvi uchun asosiy nomzod bo‘lishi mumkin.

Bunday darajadagi o‘yin orqali "Manchester Yunayted" ham mo‘may daromadga ega bo‘lishi mumkin. Tez orada bu borada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting