MYU Pulisichni APLga qaytarmoqchi
AQShlik futbolchi 2019–2023 yillarda Angliya Premer-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilgan.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” qishda “Milan”ning 27 yoshli amerikalik hujumchisi Kristian Pulisich bilan shartnoma imzolashi mumkin.
The Sun nashrida keltirilishicha, hozirda “qizil iblislar” ushbu transferning imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
AQShlik futbolchi 2019–2023 yillarda Angliya Premer-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilgan.
Manbalarga ko‘ra, Amorim Pulisichni “Manchester Yunayted”ning yangilangan hujum chizig‘ida muhim o‘yinchi sifatida ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Pulisich 2023 yildan buyon “Milan” jamoasida faoliyat yuritmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.
Joriy mavsumda Pulisich “rossoneri” safida 9 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 2 ta assist bilan yaxshi natija ko‘rsatdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist