«MYU» Paketa uchun asosiy xaridorga aylandi
Futbolchining o'zi ham qishda jamoasini almashtirmoqchi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” klubi “Vest Hem” yarim himoyachisi Lukas Paketa uchun asosiy xaridorga aylandi, deb xabar bermoqda Indykaila News nashri.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Shuningdek, unga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirgan, biroq klublar o'rtasida kelishuv amalga oshmagan edi.
Lukas Paketaning o'zi yanvar oyida "Vest Hem"ni tark etishga tayyor. 28 yoshli futbolchi yevropalik ambitsiyaga ega bo'lgan klubda o'ynamoqchi. Transfermarkt uning bozor narxini 35 million yevroga baholamoqda.
Paketa APLning joriy mavsumida to'qqizta o'yinda ikkita gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist