locale OZ

«MYU» oʻz tarkibini Liga 1'ning ikki futbolchisi yordamida kuchaytirmoqchi

Mankunianliklar skautlari ikki yosh oʻyinchilarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» oʻz tarkibini Liga 1'ning ikki futbolchisi yordamida kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

«MYU» skautlari Fransiya chempionati doirasidagi «Renn» – «PSJ» (0:1) uchrashuvini kuzatdi. The Sun nashrining xabariga ko‘ra, klub mutaxassislari ikki yosh futbolchini — 20 yoshli himoyachi Jeremi Jake va 18 yoshli hujumchi Muhammad Meyteni yaqindan o‘rganish uchun tribunalarda bo‘lishgan.

Manbaga koʻra, yozgi transfer oynasida Jakega «Arsenal» va «Kristal Pelas» jiddiy qiziqish bildirgan, biroq u yakunda «Renn» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan.

Joriy mavsumda Jake Liga 1 doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq hali gol yoki assist qayd etmagan. Meyte esa 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Fransiya chempionatining 12 ta turi ortda qolgach, «Renn» 18 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting