locale OZ

«MYU» «Nyukasl» markaziy himoyachisiga koʻz tikdi

«Zag‘izg‘onlar» ushbu transferdan 75—80 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» «Nyukasl» markaziy himoyachisiga koʻz tikdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Nyukasl» markaziy himoyachisi Malik Tshauni jamoa mudofaasining «kelajakdagi yetakchisi» sifatida asosiy nomzod deb bilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «zag‘izg‘onlar» 24 yoshli futbolchini sotishga shoshilmayapti, biroq 75–80 mln yevrolik taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishlari mumkin.

Ta’kidlanishicha, Tshau boshqa klubga o‘tadigan bo‘lsa, amaldagi maoshini ikki baravarga oshirishni maqsad qilgan.

Maʼlumot uchun, Tshau joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting