«MYU» Neveshni sotib olishi mumkin
Transfer qishda amalga oshirilishi ehtimoli bor.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” 28 yoshli “Al Hilol” yarim himoyachisi Ruben Neveshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchining mahoratini yuqori baholaydi.
Agar tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlansa, transfer qishda amalga oshishi mumkin. Kelishuv qiymati 20 million yevroni tashkil etishi xabar qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Nevesh joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist