«MYU» Nevesh uchun 23 mln yevro sarflashga tayyor
Joriy mavsumda portugaliyalik yarim himoyachi "Al-Hilol" safida 21 ta o‘yinda ishtirok etdi.
ФОТО: Getty images
Ruben Nevesh Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchini transfer qilish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Ingliz klubi Nevesh uchun 23 million yevro to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, Rubenning Saudiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o‘z yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda portugaliyalik yarim himoyachi "Al-Hilol" safida 21 ta o‘yinda ishtirok etdi. Nevesh o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist