\"MYu\" Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" kamerunlik darvozabon Andre Onana o‘rniga futbolchi izlashni davom ettirmoqda.
Jurnalist Fabrizio Romanoning yozishicha, sotib olish uchun navbatdagi nomzod Serbiya terma jamoasi va "Torino" klubi futbolchisi Vanya Milinkovich-Savichdir.
Tomonlar o‘rtasida ilk muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan. Joriy mavsumda Milinkovich-Savich barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning hisobida 11 ta o‘yin bor, gol o‘tkazib yubormagan.
Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Onana mavsum davomida bir qator jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist