locale OZ

«MYU» Mikel Oyarzabalga qiziqish bildirmoqda

«Qizil iblislar» ushbu transferni yanvar oyidayoq yakunlamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Mikel Oyarzabalga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Real Sosedad» hujumchisi va kapitani Mikel Oyarzabalga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» 28 yoshli futbolchiga nisbatan «jiddiy qiziqish»ga ega. Bu haqda Football Transfers xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Oyarzabalning «Manchester Yunayted»ga qishki transferlar vaqtida oʻtishi ehtimoli past baholanmoqda, biroq yozgi transferlarda bu toʻlaqonli amalga oshishi mumkin.

Oyarsabal 2016 yil yanvardan buyon San-Sebastyan jamoasida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 19ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting