«MYu» Martinez uchun taklif yubordi
Photo: Getty Images
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinez faoliyatini "Manchester United"da davom ettirishi mumkin.
The Sun xabariga ko'ra, “qizil iblislar” 32 yoshli argentinalik kiper uchun rasmiy taklif yubordi. Klub Martinezni sotib olish istagida 20 million funt taklif qilishgan. Hozircha tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Biroq hali kelishuvga erishilmagan.
O'tgan mavsum 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi. Uning "Aston Villa" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist