locale OZ

\"MYu\" Martinez uchun asosiy da'vogar

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYu" Martinez uchun asosiy da'vogar
Photo: Getty Images

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinez faoliyatini boshqa APL klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Leo Paradizo xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Manchester United" klubi 32 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan. Martinezning transfer bahosi taxminan 20 million yevroni tashkil etadi.

U o'tgan mavsumda "Aston Villa" tarkibida 53 ta o'yinda maydonga tushdi va 16 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting