locale OZ

«MYU» Martinez bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Martinez bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martinez bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” argentinalik kiper borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo klub “Antverpen” posboni Senne Lammens transferi amalga oshmay qolsa, argentinalik darvozabonni sotib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Martinez o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 16 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Birmingem klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting