locale OZ

«MYU» Martinesning transferidan nega voz kechgani ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Martinesning transferidan nega voz kechgani ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning "Manchester Yunayted"ga amalga oshmay qolgan transferi sabablari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Mirror nashri xabar berishicha, “qizil iblislar” 33 yoshli argentinalik kiperni kelishib olgan edi. Biroq so‘nggi pallada klub “Antverpen”dan 23 yoshli Senne Lammensni sotib olishga qaror qilgan.

Bunga Martinesning yoshi va yiliga taxminan 12 million yevro atrofida maosh so‘ragani sabab bo‘lgan. Klub uning yuqori moliyaviy talablarini bajara olmasligini aytib, kelishuvdan voz kechgan.

Argentinalik futbolchi 2020 yildan buyon "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda u Premer-ligada bitta o‘yin o‘tkazib, bitta gol o‘tkazib yubordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting