locale OZ

MYU “Manchester Siti”ning yosh iqtidoriga e'tibor qaratdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU “Manchester Siti”ning yosh iqtidoriga e'tibor qaratdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Milan” “Manchester Siti”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Jeyms Makatiga qiziqish bildirmoqda
Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz futbolchisiga “Bayer” va “Nyukasl” ham e'tibor qaratmoqda. O'z navbatida, “shaharliklar” ham leverkuzenliklar yarim himoyachisi Florian Virts va “o'rmonchilar” futbolchisi Morgan Gibbs-Uaytni Kevin De Bruynega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ta'kidlanishicha, “Bayer” o'tgan yozda “Manchester Siti”ga Makatini yozda 20 million funtga sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini taklif qilgan, ammo “shaharliklar” buni rad etgan.

Ma'lumot uchun, Makati joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting