«MYU», «Man Siti» va «Arsenal» Ibrohim Mazaga qiziqmoqda
Maza 2025-yil yozida «Bayer» safiga qo‘shilgan.
ФОТО: Getty images
«Bayer» hujumchisi Ibrohim Maza Yevropa transfer bozorida bir qator top-klublarning e’tiborini tortmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli jazoirlik futbolchining o‘yinlarini «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Arsenal» va Madridning «Atletiko» klublari kuzatmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Atletiko» allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.
Maza 2025-yil yozida «Bayer» safiga qo‘shilgan. Uning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 45 million yevro deb baholanmoqda.