«MYU» malilik hujumchi bilan shartnoma imzolash boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
Mankunianliklar ushbu transferni yozda amalga oshirmoqchi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» Mali terma jamoasi va «Oser» hujumchisi Lassin Sinayoko bilan, shuningdek, uning atrofidagilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Africafoot xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda, va «qizil iblislar» yozda, ya’ni Sinayoko «Oser» bilan shartnomasi tugagach, futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, uning yillik maoshi 3 mln yevro miqdorida kelishib olinishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Sinayoko Fransiya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 7 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist