locale OZ

«MYU» Maktomineyni qayta sotib olishni rejalashtirmoqda

Mankunianliklar 28 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish uchun kamida 50 million yevro toʻlashi kerak.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Maktomineyni qayta sotib olishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» o‘z tarbiyalanuvchisi, hozirda «Napoli» safida to‘p surayotgan Skott Maktomineyni qayta sotib olish niyatida. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, neapolliklar 28 yoshli yarim himoyachi uchun aniq narx belgilamagan, ammo uni qo‘lga kiritishni xohlagan jamoalar kamida 50 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shotlandiyalik futbolchiga «Nyukasl» va «Tottenhem» klublari ham qiziqish bildirgan.

Shu bilan birga, xabarda ta’kidlanishicha, Maktominey «Napoli»ni tark etishda jiddiy talab qo‘yishni rejalashtirayotgani yo‘q. U 2024 yil yozida «Manchester Yunayted»dan Italiya klubiga o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Maktominey «Yunayted»ning kattalar tarkibida 255 ta o‘yinda ishtirok etib, 29 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting