«MYU» Maktominayni qaytarishi mumkin
Maktominayni APLga qaytarish uchun "Nyukasl" va "Tottenhem" klublari ham kurash olib bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Napoli"ning shotlandiyalik yarim himoyachisi Skott Maktominay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mark Brus ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan 28 yoshli xavbekni qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.
Shuningdek, Maktominayni APLga qaytarish uchun "Nyukasl" va "Tottenhem" klublari ham kurash olib bormoqda.
Joriy mavsumda Maktominay barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist