locale OZ

«MYU» Lyuk Shouga munosib oʻrinbosar topdi

Mankunianliklar yangi mavsum oldidan jamoani yoshartirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Lyuk Shouga munosib oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi kelasi yozgi transfer oynasida «Vest Hem»ning chap qanot himoyachisi Malik Diufni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» 21 yoshli futbolchini Lyuk Shouga munosib raqobatchi sifatida ko‘rmoqda. Ta’kidlanishicha, mankunianliklar chap qanot himoyasini kuchaytirish masalasi bilan yarimhimoya chizig‘i uchun o‘yinchilar xarid qilinganidan so‘ng shug‘ullanishni rejalashtirgan.

Malik Diuf joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Yosh himoyachining «Vest Hem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi ancha uzoq muddatga, ya’ni 2030 yilning yoziga qadar imzolangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etmoqda. Kelasi mavsum oldidan tarkibni yoshartirishni maqsad qilgan «Manchester Yunayted» uchun Diuf asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting