«MYU» Lyuis-Skelliga qiziqish bildirmoqda — TEAMtalk
«Manchester Yunayted» klubi «Arsenal» qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 19 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida London klubini tark etishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «kanonirlar» o‘z tarbiyalanuvchisini sotishga qarshi emaslar. «Qizil iblislar»dan tashqari, Lyuis-Skelliga Premyer-liganing boshqa vakillari — «Everton» va «Brentford» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Maylz Lyuis-Skelli joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.