locale OZ

«MYU» Lisandro Martinesning jarohatidan xavotir olmayapti

Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Lisandro Martinesning jarohatidan xavotir olmayapti
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” rahbariyati himoyachi Lisandro Martines 2026 yilgi jahon chempionati finalida olgan jarohati jiddiy emasligiga ishonmoqda. Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub tibbiy shtabi argentinalik futbolchining shikastlanishi og‘ir emasligini baholagan va u yangi mavsum boshlanishiga qadar to‘liq tiklanishi kutilmoqda.

28 yoshli markaziy himoyachi Ispaniyaga qarshi jahon chempionati finalida jarohat olgan va 44-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.

Shunga qaramay, “Manchester Yunayted”da uning tiklanish jarayoni reja asosida ketayotganiga ishonch bildirilyapti.

Martines o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik himoyachining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting