locale OZ

MYU Levandovski transferidan voz kechdi

Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Levandovski transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” egalardan biri hisoblangan Jim Retklif “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski “qizil iblislar” safiga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli polyak futbolchining transferini ingliz klubining bosh murabbiyi Ruben Amorim talab qilgan.

Futbolchining yoshi, past samaradorligi va raqibga bosim o‘tkaza olish qobiliyatining susaygani sababli “Barselona” rahbariyati hujumchi bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2022 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qiladi. Hujumchi hozirgacha klub safida 156 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Joriy mavsum Levandovski “Barselona” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting