«MYU» «Lester»ning sobiq yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Mankunianliklar allaqachon hamkorlik boʻyicha dastlabki taklifni bildirgan.
FOTO: Getty Images
«Beshiktosh» yarimhimoyachisi Vilfred Ndidi yana Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. 29 yoshli nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda nufuzli jurnalist va insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» Ndidi bilan hamkorlik bo‘yicha dastlabki taklifni allaqachon bildirgan. Biroq taklifning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.
Joriy mavsumda Ndidi «Beshiktosh» safida barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 10 mln yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist