«MYU» Leauga qiziqish bildirmoqda
“Manchester Yunayted” klubi “Milan”ning 26 yoshli hujumchisi Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, milanliklar futbolchi bo‘yicha muzokaralarga tayyor, biroq uning shartnomasida belgilangan tovon puli 175 million yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, klub portugaliyalikni sotishdan taxminan 40–50 million yevro daromad qilishni rejalashtirmoqda. “Milan” hozir moliyaviy jihatdan murakkab holatda bo‘lib, yetakchi o‘yinchilar bo‘yicha takliflarga ochiq.
Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 million yevro deb baholanmoqda.