«MYU» Kobbi Maynu bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachi Kobbi Maynu bilan yangi shartnoma imzolamoqchi va bu haqda joriy mavsum yakuniga qadar e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Samuel Lakxerist xabar berdi.
Kutilishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining maoshi haftasiga 150 ming funt sterlinggacha ko‘tariladi.
Kobbi Maynu joriy mavsumda klub safida barcha turnirlar doirasida jami 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «qizil iblislar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, xavbekning ayni damdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.