MYU Keynni APLga qaytarmoqchi
Photo: Getty Images
“Bavariya” klubi sharafini himoya qilayotgan Harri Keyn tumanli Albionga qaytishi mumkin. Bu haqda DeadlineDayLive xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” klubi 32 yoshli futbolchini APLga qaytarishni xohlamoqda.
Keyn bilan “Bavariya” o‘rtasidagi shartnomada maxsus band mavjud. Ya’ni, agar futbolchi boshqa jamoaga o‘tishni istasa, Myunxen klubi bunga to‘sqinlik qila olmaydi. “Qizil iblislar” esa aynan shu bandni faollashtirish orqali hujumchini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Keyn “nemis mashinasi” safini tark etmoqchi bo‘lsa, xaridor klub uni 65 million yevro evaziga sotib olishi kerak bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist