«MYU» keyingi mavsum oldidan «PSJ» va «Atletiko»ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi
«Manchester Yunayted» klubi o‘z rasmiy saytida navbatdagi mavsumga tayyorgarlik doirasida yozda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
«Qizil iblislar»ning ilk raqibi «Rekshem» jamoasi bo‘ladi — ushbu bahs 18 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mankunianliklar 24 iyul kuni Tronheymda «Rusenborg» bilan, 1 avgustda Stokgolmda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. 8 avgust kuni Gyoteborgda «PSJ» bilan bahs bo‘lib o‘tsa, 12 avgustda Dublinda «Lids Yunayted»ga qarshi o‘yin rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» 55 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini 13 aprel kuni aynan «Lids Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi.