locale OZ

«MYU» ketma-ket toʻrtinchi oʻyinda gʻalaba qozondi

Mankunianliklar APLning 25-turida «Tottenhem»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» ketma-ket toʻrtinchi oʻyinda gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 25-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenhem»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, «qizil iblislar» chempionatdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishdi.

«Manchester Yunayted»ning ushbu muvaffaqiyatli seriyasi 22-turda «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) bilan boshlangan edi. Shundan so‘ng, mankunianliklar «Arsenal» (3:2), «Fulhem» (3:2) va nihoyat «shporlar» bilan bahsda ijobiy natija qayd etishdi.

Endilikda Maykl Kerrik shogirdlari 10 fevral kuni 26-tur doirasida safarda «Vest Hem» mehmoni bo‘lishadi.

Ayni damda «Manchester Yunayted» 44 ochko bilan APL turnir jadvalida kuchli to‘rtlikdan (4-o‘rin) joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting