«MYU» Kerrik qoʻl ostida ilk bor magʻlubiyatga uchradi
Mankunianliklar safarda «Nyukasl»ga imkoniyatni boy berdi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» APLning 29-turida «Nyukasl»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Ushbu mag‘lubiyat Maykl Kerrik uchun jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
«Zag‘izg‘onlar» bilan o‘yinga qadar ingliz mutaxassisi qo‘l ostida jamoa APLda 6 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan edi.
Bundan tashqari, Kerrik 2021/2022 yilgi mavsumda Ralf Rangnik tayinlanishidan avval ham «Manchester Yunayted»ni boshqargan edi. O‘shanda uning boshqaruvidagi 3 ta o‘yinda mankunianliklar 2 g‘alaba va 1 durang qayd etishgan. Shunday qilib, «Nyukasl» Kerrikning «Yunayted» murabbiyi sifatidagi uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist