locale OZ

MYU kelasi yil yozida uch nafar futbolchisini tekin qo'yib yuborishga tayyor

Bunday qarorning asosiy maqsadi — ish haqi xarajatlarini qisqartirishdir.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU kelasi yil yozida uch nafar futbolchisini tekin qo'yib yuborishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” klubi tarkibni sezilarli darajada yangilashni rejalashtirmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, klub rahbariyati kamida uch futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, hattoki ularni bepul qo'yib yuborish ehtimoli ham ko'rib chiqilmoqda.

Jamoani tark etishi mumkin bo'lgan asosiy nomlardan biri — eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri bo'lgan, 33 yoshli Kazemiro. Shuningdek, hozirda ijarada “Aston Villa” safida to'p surayotgan Jeydon Sancho bilan ham klub xayrlashishi kutilmoqda. Yana bir nomzod — chap qanot himoyachisi Tirell Malasiya.

Bu futbolchi yozgi transfer oynasida Turkiya klubiga o'tishga yaqin turgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani bois transfer amalga oshmadi.

Ushbu uch futbolchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomalari 2026 yil iyunigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting