«MYU» Kazemironing o‘rniga Sandro Tonali nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Avvalroq braziliyalik yarimhimoyachi mankunianliklar safini tark etishini maʼlum qilgandi.
FOTO: Getty Images
«Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali kelasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kazemironing o‘rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida «Manchester Yunayted» e’tiboriga tushdi.
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, italiyalik xavbek mankunianliklarning transfer bozoridagi ustuvor maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. «MYU» qiziqishlari doirasida Tonalidan tashqari, «Nottingem Forest» a’zosi Elliot Anderson va «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uorton ham bor.
Qayd etilishicha, «Nyukasl» Tonalining transferi uchun taxminan 100 million funt sterling talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kazemiro ushbu mavsum u uchun «Yunayted» libosidagi oxirgisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist