locale OZ

MYU Kazemiroga o‘rinbosar topdi

Pavlovichning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Kazemiroga o‘rinbosar topdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining narxi ingliz klubiga potensial transferga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki "Bavariya" Pavlovichni 80 million yevroga baholamoqda. “Qizil iblislar” germaniyalik futbolchini uzoq muddatga Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Pavlovichning qishki transferi dargumon, ammo transfer 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning bozor narxi 55 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting