MYU Kazemiro va Sancho bilan xayrlashmoqchi
“Manchester Yunayted” 11-turdan keyin APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” rahbariyati Kazemiro va Sancho bilan xayrlashmoqchi, deya xabar beradi The Sun nashri.
Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi kelasi yil yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Qayd etilishicha, Jeydon va Kazemiro “qizil iblislar”ni tark etsa, klub maoshlar bo‘yicha 35 million yevrodan ortiq pulni iqtisod qilishi mumkin.
33 yoshli braziliyalik futbolchiga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli Sancho esa bu mavsumni “Aston Villa”da ijarada o‘tkazmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” 11-turdan keyin APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist