locale OZ

«MYU» Kazemiro oʻrniga Tchuameni nomzodini koʻrib chiqmoqda

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum oxirida mankunianliklar safini tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Kazemiro oʻrniga Tchuameni nomzodini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi tayanch yarimhimoyachisi Orelyen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning transfer ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. «Qizil iblislar» 26 yoshli futbolchini mavsum yakunida jamoani tark etadigan Kazemiroga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar kelayotgan yozda yangi yuqori saviyali tayanch yarim himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, Tchuamenining «Real»dagi kelajagi klubning yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi, shuningdek, boshqa transferlarni moliyalashtirish uchun kimnidir sotish zarurati tug‘ilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha turnirlar doirasida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting