locale OZ

«MYU» Kazemiro oʻrniga munosib nomzod topdi

Braziliyalik yarimhimoyachi joriy mavsum oxirida mankunianliklar safini tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Kazemiro oʻrniga munosib nomzod topdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Vilyarreal» yarim himoyachisi Pap Geyening harakatlarini kuzatib bormoqda. «Qizil iblislar» 27 yoshli futbolchini kelayotgan yozda jamoani tark etadigan Kazemironing o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Senegal terma jamoasi a’zosi agar 2026 yilgi Jahon chempionatida ijobiy o‘yin ko‘rsatsa, o‘ziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi mumkin.

Joriy mavsumda Geye barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting