locale OZ

\"MYU\" ikki nafar futbolchini kuzatmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" ikki nafar futbolchini kuzatmoqda
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" yarim himoya uchun ikki futbolchini ko'rib chiqmoqda.

TeamTalk xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Nyukasl"ning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraysh va "Kristal Pelas"ning angliyalik yarim himoyachisi Adam Uortonni kuzatmoqda.

Braziliyalik futbolchining "qarg'alar" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uortonning "burgutlar" bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Kristian Eriksen yozda “Old Trafford”ni tark etishi kutilmoqda.

Shuningdek, klub Kazemiro bilan xayrlashmoqchi. Ammo ingliz klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini katta maoshi tufayli transfer qilishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting