locale OZ

\"MYU\" ikki fransiyalik hujumchiga ko‘z tikkan

Amorim yozda jamoaga bir nechta hujumchilarni olib kelmoqchi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" ikki fransiyalik hujumchiga ko‘z tikkan
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” yozgi transfer vaqtida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarga e’tibor qaratgan.

Give me Sport xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” “PSJ”ga tegishli bo‘lgan Randal Kolo Muani va “Kristal Pelas” forvardi Jan-Filipp Matetaga qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, “MYU” Kolo Muani transferi uchun taxminan 41 mln yevro to‘lashi kerak. Matetaning transferi esa 47,6 mln yevroga baholanmoqda.

Matetaning “burgutlar” bilan kelishuvi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Kolo Muanining “PSJ” bilan mehnat bitimi esa 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting